Eksklyuziv intervyu: Özbekiston madhiyasi muallifining qizi Amerikada 72ta maktabni boşqaryapti
|21:31 / 12.10.202285 21515 min
Özbek xalqining sevimli şoiri Abdulla Oripovning qizi Mavluda Oripova AQŞda doktoranturani öqib, Texas ştatida öquvçilarni oliy öquv yurtlari va kasb-hunarga yönaltiradigan markazga rahbarlik qiladi. U Kun.uz bilan suhbatda AQŞga qanday borib qolgani, otasining tarbiyasi, ayol uçun oila va iş muvozanati, Amerikadagi ta’lim haqida hikoya qilib berdi.
Mavluda Oripova – pedagogika fanlari doktori; Turkiya, Qirğiziston va AQŞda 20 yildan ortiq vaqtdan beri turli millat bolalarini öqitib, özini ta’limga bağişlagan özbek olimasi.
Bolaligida ota-onasining xohişi bilan 8 yil musiqa bilan şuğullanib, lekin musiqaçi bölişni istamagan Mavluda Oripova öqituvçi bölişni xayoliga keltirmagan.
Mavluda Oripovaning şaxsiy arxividan
Majburan borilgan musiqa darslar
— Bolaligida öz fikrini, nima xohlayotganini kattalarga aniq tuşuntirib berolmagani sabab farzand uçun qarorni ota-onasi qabul qiladi. Menda ham şunday bölgan. Ota-onam bizning oilamizdan ham katta musiqaçi çiqişini istab, meni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga berişgan. U yerdagi öqiş menga oğirlik qilardi. Çunki umumta’lim fanlaridan taşqari musiqa darslarini ham öqişim, maşq qilişim kerak edi. Örganiş uçun quloqqa yoqavermaydigan kuylar ham çalişimga töğri kelardi. Bu esa uydagilarimga yoqardi deb aytolmayman. Şuning uçun keçgaça maktabda qolib maşq qilişimga töğri kelardi. Şu tomondan ham qiynalardim.
Aytmoqçi bölganim, ota-ona farzandini biror narsaga yönaltirsa, uni keyin ham qöllab-quvvatlaşi kerak. Balki uydagilarimdan kimdir musiqaçi bölganda, meni tuşunişlari mumkin va men hozir musiqa yönalişida öz örnimni topgan bölardim.
“Farzandning ota-onasi emas, özi kasb tanlasa, köproq zavq oladi”
— Uyda musiqa uçun muhit yarata olişmagan bölsa ham, ota-onam meni doim qöllab-quvvatlagan. Şunday qilib va nihoyat musiqani öqişni xohlamasligimni 8-sinfda onamga ayta olganman. Ota-onam meni töğri tuşunib, Toşkent şahridagi 64-maktabga ötkazişgan.
Lekin öşa majburan şuğullangan musiqa darslarim hayotimda foyda berdi deb öylayman. Ya’ni ular sabab xohlamagan işni ham qilişni, boşlagan işni oxirigaça olib borişni örgangan bölsam kerak.
Keyin tilga qiziqdim. Milliy universitetning roman-german fakultetiga öqişga kirdim. Ota-onam adabiyot yönalişida öqişimni xohlaşgandi. Lekin universitetda ham qiziqişim özgarib, Texnika universitetida oçilgan Malayziyaning biznes fakultetiga ötdim. Şunda ham ota-onam meni qöllab-quvvatlaşdi. Şu yerda bir narsaga urğu bermoqçiman, ya’ni farzandning fikrini hurmat qiliş muhim. Çunki keyinçalik u tanlagan yöl, ota-onasining emas, öziniki bölsa, işidan köproq zavq oladi.
Mavzuga oid
“Iş va hayot boğliqligi yaşaşni osonlaştiradi”
— Oilali bölib, 2000 yil Turkiyaga ketdim. U yerda turk bolalariga ingliz tilidan dars bera boşladim. Keyin migrantlarning farzandiga til örgatiş uçun Qirğizistonga, 2008 yil esa AQŞga çaqirişdi. 2010 yildan boşlab maktablarda direktor örinbosari böldim.
2018 yildan beri Texas ştatida 72ta maktab ta’limini nazorat qiladigan, öquvçilarni oliy öquv yurtlari va kasb-hunarga yönaltiradigan markaz (College and Career Counseling at Harmony Public Schools)ga rahbarlik qilaman. Vazifam – maktablardagi öqiş jarayonlari, öqituvçilar va ularning salohiyat darajasiga javobgarlik, öquvçilarni imtihon qiliş, ularni oliygoh va kasb-hunarga tayyorlaş, maktabdagi barça ta’limiy jarayonlarni nazorat qilişdan iborat.
Qilayotgan işim özimga juda yoqadi. Şuning uçunmi iş va hayotimni bir-biridan ajratmayman. Iş vaqtim tugagan bölsa ham, uyga borganimda öquvçilarim, ota-onalar telefon qiladi. Turmuş örtoğim bilan ham kasbdoş bölganimiz uçun u meni tuşunadi, hayotim bilan işim bir-biriga juda ham boğliq. Iş boşqa bölib, keyin hayotingiz boşqa bölsa, bu – ikkiga böliniş degan gap. Hayot va işning boğliqligi yaşaşni osonlaştiradi. Bu men uçun işlaşni tabiiy holga olib keladi.
Mavluda Oripovaning şaxsiy arxividan
“Otamga juda ham dolzarb masala bölganda gapirardik”
— Qiz bolaga otaning qöllab-quvvatlovi haqida söraşganda, men öz hayotimdan kelib çiqib javob beraman. Masalan, otam doim ham onamga öxşab qöllab-quvvatlaşini söz bilan aytmaganlar. Menimça, boşqa köp oilalarda ham şunday bölsa kerak. Töğri, har oilada otaning örni boşqa böladi. Bizning oilada otamga juda ham dolzarb masala bölganda gapirilardi. Biz köproq otam bilan onam orqali gaplaşardik. Otam biror narsaga qarşi bölsalar, uni qiliş umuman mumkin emas edi. Ya’ni otam qarorimga qarşi bölmaganlari menga yetar edi. Juda kam gapirar edilar. Lekin aytgan gaplari gap edi. Öşa mavzuga qaytilmasdi. Otam fikrimizga qarşi çiqmaganlari bizni qöllab-quvvatlaganlari bölardi.
“Turmuş örtoğim katta fidokorlik qilgan”
— Men öqib yurgan yillar “Umid” fondi bor edi va u orqali köp örtoqlarim xorijga ketişgandi. Öşanda men ham çet elga ketmoqçi bölganimni otamga aytganimda, ularning bir gapi esimdan çiqmaydi.
“Qizim, buni men ham juda xohlayman. Lekin turmuşga çiq, keyin nima qilsang, özing bilasan”, – degandi. Buni otam javobgarlikdan qoçganlari uçun emas, orzularimga mos odamni tanlaşim kerakligiga işora qilib aytganlar deb hisoblayman. Hozir buni yana ham çuqurroq tuşunib yetyapman. Turmuş örtoğingiz yoningizda haqiqatdan sizni qöllab-quvvatlamasa, yarim tana bilan harakatlangandek bölasiz.
Masalan, doktorantura öqiyotganimda işdan soat 6da uyga qaytardim. Ovqat qilişim kerak, bolalar bor edi. Bir yoqda doktoranturam ham bor, yozişim kerak edi. Şunda farzandlarga qaraş va boşqa işlarni turmuş örtoğim bajargan. Bu öşanda katta fidokorlik edi.
“Turmuş qurişdan oldin ikki tomon ham nimani xohlaşini oçiq-oydin aytişi kerak”
— Turmuş örtoğim bilan işlab yurgan vaqtimda uçraşib qolganmiz. Ya’ni u kimligimni, nimani xohlaşimni bilib, keyin tanişgan. Unga öqişni xohlaşim, işlaşimni, jamiyat uçun xizmat qilişni istaşimni aytganman. Va hozir bir-birimizni yaxşi qöllab-quvvatlaymiz.
Şuning uçun ikki tomon ham oila qurmasdan oldin nimani xohlaşini oçiq-oydin aytişi kerak. Turmuş quriş faqat köngil bilan qabul qilinadigan narsa emas. Çunki köngil özgaruvçan. Şuning uçun maqsadlar ham bir-biriga yaqin bölişi kerak. Masalan, mening turmuş örtoğim turkiyalik. Biz butunlay boşqa muhitlarda ösganmiz. Lekin dunyoqaraşimiz bir xil bölgani bizga yetadi.
“Oila bilan köproq birga böliş vaqtga boğliq muammo emas”
— 2000 yildan beri rözğorim bölsa, şundan faqatgina 6 oy uyda ötirdim. Şu vaqt içida oilamga töliq vaqt ajrataman, bolalarimga köproq qarayman deb öylagandim. Keyin tuşunib yetdimki, bu vaqtga boğliq muammo emas ekan. Vaqtim yöq, şuning uçun yaxşi ovqat pişirolmayman, qizlarim bilan ötirib gaplaşolmayman deb öylardim. Şu ma’noda işlab yurganimda vijdonim qiynalardi. Lekin tuşunyapmanki, vaqtning köpligi emas, uning qançalik unumli ötgani muhim ekan.
Masalan, uyda ötirib ovqati, işini qilgan ayol farzandiga köp vaqt ajratolmasligi mumkin. Hozir işga maşinada ketamiz va bu orada 25-30 daqiqa farzandlarim bilan gaplaşişga vaqtim böladi.
Foto: Oyina.uz
“Tört nafar qizni tarbiyalayapmiz”
— Özim ham bola tarbiyasida hamma narsani ideal qildim deb aytolmayman. Qölimdan kelgança harakat qilaman. Men eng muhim deb biladigan narsa – farzand bilan köp muloqot qiliş. Bola ulğayib qaysidir yoşga yetib, birdan sizga sirlarini aytişini kutib ötirmang. U kiçikligida sirlarini aytmagan bölsa, qaçondir ulğaygaç ham aytmaydi.
Özimning 4 nafar qizim bor, 4 xil xarakter, törtovi 4 xil dunyo. Qiz bolaning köngli nozik böladi. Şuning uçun otasi bilan sözlarni tanlab-tanlab gapiramiz. Köpinça, otasi qizlarga biror mavzuda gapirmoqçi bölsa, men bilan maslahatlaşadi. Qaysi gapni, sözni aytgani ma’qul bölişini muhokama qilib olamiz. Çunki har bir söz ularga boşqaça ta’sir qiladi. Özimni xöjayinim va qizlarim orasidagi köprik yoki filtrday his qilaman.
Bundan taşqari, Amerikada bola sal böş qolsa, boşqa narsalar bilan şuğullanişga ötib ketib qolişi mumkin. Ya’ni bu yerda bolani çalğituvçi narsalar köp. Şuning uçun qölimizdan kelgança vaqtlarini töldirişga harakat qilamiz. Boşida bolalar muhitini nazorat qilmoqçi böldik. Lekin kördikki, bola taqiqlangan narsa yomonligini his qilmasa, yana öşa narsaga qarab boraveradi. Şuning uçun oldin farzandlarimizga öşa narsa nima uçun xato ekanini tuşuntirişga harakat qilamiz.
Mavluda Oripovaning şaxsiy arxividan
Texas maktablarining ta’lim tizimiga kiritgan yangiligi
— Bugun Texas ştatida har bir öquvçining qiziqişlari alohida örganilib, uning ota-onasi bilan ham bolaning qaysi kasbni tanlaşi haqida suhbatlar qiliş majburiy talab sifatida qöyilgan. Bu işni men öz tajribamda 10 yil oldin boşlab, foydali ekanini isbotlab berganman. Unda men har bir öquvçi bilan gaplaşib, uning qiziqişi, xohiş va salohiyatidan kelib çiqib fan, birgalikda yönaliş belgilab olardik. Natija juda yaxşi böldi, öquvçilarimning özlaştiriş darajasi öz örnida bölib, universitetni bitirib olişda qiyinçilikka duç kelişmadi. Va doktoranturamni ham şu sistemaning yaxşi tomonlarini körsatişga yönaltirib, dissertatsiya yoqladim.
Sizda savol tuğilişi mumkin, bu tizim Amerikaga, Texasga nima beradi? Javob şunday: hozir Amerikada diplomli mutaxassislar taqçilligi boşlangan. Çunki ayrim öquvçilar özi qiziqmagan yönalişga öqişga kirib, uni bitirolmay yuribdi. Bu qiziqmaslik qayerdan paydo böladi? Maktabda özi uçun töğri fan tanlamay, öz imkoniyatini töğri baholay olmay, özi qiziqmagan sohaga yönalib qolgandan paydo böladi. Ştat 12-sinfni biritgan maktab öquvçisiga 2-kursdan bakalavrni davom ettirişga imkoniyat bergan. Şuning uçun ham maktab bakalavrning 1-kursiga oid bilimlarni berişi, öquvçi imkoniyatini töğri baholaşi kerak.
Amerikada maktabning vazifasi
— Amerikada maktab 3 qismga bölinadi. Boşlanğiç – 1-5-sinflar, örta – 6-8-sinflar va yuqori – 9-12 sinflar. Şunga qarab maktabning vazifasi ham özgaradi. Masalan, boşlanğiçda öqiş, ilm oliş örgatiladi. Har yili bolalarga testlar beriladi, şu bilan bilim darajasi baholanadi. Hattoki bolaning 3-sinfdagi bahosi bilan universitetda neça bahoga öqişini aniqlab beradigan dasturlar bor. Şuning uçun 5-sinfgaça köproq ta’lim beriladi. Çunki ta’limning fundamenti qança kuçli qöyilsa, bolaning kelajagi şunça yaxşi bölişiga işonamiz.
6-sinfdan esa tarbiyaga katta e’tibor beriladi. Çunki bolalar asta-sekin ösmirlikka ötişni boşlaydi. 6-7-sinflarda bolaning tarbiyasi yaxşi bölsa, yuqori maktab yoki litseyga borganda ham joyida böladi.
Maktab kasb tanlaşga yordamlaşadi
— 9-sinfdan öquvçini kasbiy salohiyatga yönaltirişga harakat qilamiz. Aniq maqsad qöyiş, özining şaxsiy sifatlarini rivojlantirişga e’tibor qaratiladi. Bolalar bilan birma-bir gaplaşib, kelajakdagi maqsadiga biz qanday yordam berişimiz mumkin, degan savolni örtaga qöyamiz.
9-sinfda matematika, ingliz tili, tarix kabi umumiy fanlarni öqiş bilan birga, öquvçi qiziqişiga qarab tanlaydigan fanlari böladi. Masalan, maktabda tibbiyot, muhandislik darslari bor. Bola qiziqişiga qarab qolgan 4 yil davomida öşa fanlarni öqiydi.
Biz bola va uning ota-onalari bilan qaysi yönalişda öqişini 8-sinfning oxirida gaplaşamiz. Ya’ni bola qiziqişiga qarab öşanga ixtisoslaşgan maktabga yönaltiriladi. Bu Texas ştatining majburiy talabi. Lekin bola doim ham özi nima xohlayotganini bilavermaydi. Şuning uçun bizda kasb-hunar tanlaş testlari bor. Va ular faqat 9-sinfda emas, har yili böladi. Çunki bola yangi narsa örganavergaç, fikri özgarişi mumkin.
“10 yildan keyin özingni qanday tasavvur qilasan?”
— Amerikada ham öqişni istamaydigan yoki hammadan özib ketib öqiydiganlar bor. Lekin hamma uçun bitta etalon bor. Ya’ni Amerikada diplomsiz yaşaş juda qiyin. Bu mening fikrim emas, bu isbotlangan fakt. Bir iş topiş uçun kamida bakalavr diplomi bölişi kerak.
Şundan kelib çiqib, har bir bolaning oldiga: “Ota-onangsiz yolğiz özing 10 yildan keyingi kelajagingni qanday tasavvur qilasan? Diploming bölmasa, eng kam iş haqi tölanadigan işda işlay olasan va bu nari borsa, bir xonali kvartiraga yetadi”, degan hisob-kitobni qöyamiz. Şundan keyin bola kelajagi haqida jiddiy öylay boşlaydi.
“Öqituvçilik – köp ham xohlanadigan kasb emas”
— Amerikaliklar öqituvçi bölişni köpam xohlayverişmaydi. Öqituvçiga ehtiyoj köp, lekin öqituvçi bölişni istaydiganlar kam. Keyin bu yerda öqituvçiga hamma ham va doim ham rahmat aytavermasligi mumkin.
Masalan, Turkiyada işlaganimda öqituvçini juda yuqori darajada hurmat qilişardi. Dökon yoki boşqa bir joyga borganimda ham narsaning sarasi öqituvçiga beriladi. Amerikada esa özing iç-içingdan xohlaganing, sevganing, vijdoning istagani uçun bu kasbni tanlaysan.
Özbekistondagi maktabga direktor bölsa...
— Avvalo maktab imkoniyatlarini örganib, şu maktabning nimaga ehtiyoji borligini örganar edim. Keyin öquvçilar nimalarni xohlaydi, ularning bilim darajasi va qobiliyatlari bilan tanişib çiqiş ham juda muhim. Uçinçidan, kuçli öqituvçilar jamoasini şakllantiriş ham maktabning muvaffaqiyati uçun asos böladi.
Agar Özbekistonga taklif qilişsa, bajonidil yordam qölini çözaman. Ta’limiy dasturlarni tuzişda ham qatnaşgan bölardim. Amerikada butunlay qoliş niyatimiz yöq. Turmuş örtoğim ham bu fikrni qöllab-quvvatlaydi.
Zuhra Abduhalimova, jurnalist
Mavluda Oripovaning Amerika ta’limi haqidagi batafsil intervyusi bilan bu yerda tanişiş mumkin.