Abdulla akaning “Mehnat yarmarkasi”

Kunlarning birida poytaxtning Eski şahar tarafiga yölimiz tuşib, “Açovot” mahallasidan ötib borayotsak, bir töp löli xotin-xalajlar özlariça bir nimalarnidir baqir-çaqir qilib, muhokama qilayotganiga közimiz tuşdi. Abdulla aka maşinani töxtatişni buyurdi. Ulardan sal ötib töxtadik. Xayolimda hozir Abdulla aka yonib turgan olovga kerosin sepadi, degan öy keldi. Biroq voqea rivoji boşqaça tusda keçdi. Abdulla akani körib ğala-ğovur qilayotgan ayollar birdan tinçib, uni örab olişdi. Biri qöyib, biri gapirar, ammo gap nimada ekanligini anglab bölmasdi. Şu payt ularning orasidan bir kampir çiqib, hindularga öxşab öng qölini kötargan edi, hammasi tinçidi-qoldi. U Abdulla aka bilan xuddi qadrdonlarday söraşa ketdi. “Enang aylansin, özimning şoir baçam, deputat baçam! Qaçon seni oyna quti (televizor)da körsam, bir gaplaşişga orzumand bölardim. Xudoning özi seni bizga yetkazdi. U töpdagilardan biriga qarata: “Hoy, Azmining baçasi, tez uyingga çop, kursi keltir”, dedi. Dam ötmay, kursi xam keltirildi. Uni tasvirlaş uçun odam binoyidek rassom bölişi kerak, menimça. Kursining ikki oyoği uzumning zangidan, qolgani tol şoxidan yasalganga öxşardi. Ötirgiçining qoplamasiyam kamida beş xil matodan qoplangan. Xullas, Abdulla aka kursiga çökdi va maşvarat boşlandi. Bu orada ötgan-ketganlar ham qiziqib, “köçamajlisiga” qöşilardi.

Kampir gap boşladi: “Abdullajon baçam, mana özing kör, yölning nariyoği “Çinni zavodi”. Ammo u yerga biror-bir löli baçasini işga olişmaydi. Öğrilikni özlari qilib, aybni nuqul löli baçalarga tönkaşadi. Taşmaçilari taşib çiqib, çoynak, piyola, kosani bizga pullaşadi. Melisa deganiyam, suyakka örgangan kuçukday, baçalarni poylagani poylagan. Çoynak, piyolani qöyib tur, tagi teşik toğorasi yöqolsayam, öğri kim - löli baça! Axir özing öyla, işlay desa, iş bermasa, köçada tilançilik qisa, uşlab ketsa, uyiga quruq qaytsa, otasidan xipçin yesa, nima qilsin şu beçoralar. Ular ham inson bolasi-ku. Iş sörab borsak, biri haydab soladi, birovida bir xil javob: “Aytamiz, yest qilamiz!" Bir yordam ber, şoir baçam, seni Xudo yarlaqasin”, dedi va qölini oçib, löliça şevada uzundan uzoq duo qildi. Ha, aytgança: “Inimni” tanisang kerak, uni Rasul Rahmon, deyişadi.

Katta odam bölsayam, bizga qayişadi, tarafimizni oladi”, dedi ğurur bilan. Şu tobda töplanganlardan biri: “Ibi, oko mullo şoir, löli qizlar ham erini, baçalarini yaxşi köradi, topganini uyiga taşiydi, buzoqning haqqi bor deb, sigirning sutiniyam içmaydi. Bizga atab ham bir şe’r yozing, maza qilaylik, kosangiz çinnidan bölsin, aylanay Sizdan!” - dedi. Uning gapiga Abdulla aka miyiğida kulib quydi. Söngra ikki-uç kundan keyin uçraşişga va’dalaşib, ular bilan xayrlaşdi. Şu kuniyoq Abdulla aka öşa paytdagi Toşkent şahar ijroiya qömitasi raisi A.Fozilbekov bilan bu masalada telefon orqali gaplaşib, ular indin kuni Açovot mahallasida uçraşiş vaqti-soatini kelişib olişdi. Menga esa topşiriq berdi: “Şoir, Açovotga borib, haligi kampirşoni topasan. Unga uçraşuv vaqtini bildirib, faqat işsiz erkak va ayollarni yoniga olib, zavodning oldida kutib turişni, ğala–ğovur qilmaslikni, bola-çaqasini yetaklab bormasliklarini, tayinlab ayt!” Xullas, hozirgi zamon tili bilan aytganda, Abdulla akaning “Mehnat yarmarkasi”da qirqqa yaqin Açovot mahallasining fuqarolari doimiy iş örniga ega bölgan edi.