Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini oladigan bo‘ldi
Qozog‘iston poytaxti Ostona maslihati poytaxtning mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb qayta nomlanishi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.
“Shahar akimati prezidentning buyuk zamondoshimiz, Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Abishevich Nazarboyev nomining abadiylashtirilishi taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bizga shahar aholisi, mehnat jamoalaridan bu tashabbus qo‘llab-quvvatlangan maktublar kelmoqda. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan biri “poytaxtning yangi nomi shaharning yangi g‘alabalari boshlanishi bo‘lishi”ni yozgan maktub keldi. “Nursulton – kuchli nom” deb yozilibdi maktubda. Akimat davlatning yangi rahbari tashabbusini qizg‘in qo‘llab-quvvatlaydi. Biz sizga ham prezident Toqayevning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashni taklif qilamiz”, deb murojaat qilgan shahar rahbari Baxit Sultanov malihat deputatlariga murojaatida.
Shu munosabat bilan deputatlar navbatdan tashqari sessiyada Qozog‘iston poytaxti Ostonaning Nur-Sulton deb o‘zgartirilishi qarorini qo‘llab-quvvatlashgan.
Maslihat deputati Zaura Jusupovaning aytishicha, bu taklif respublika onomastik komissiyasi bilan muvofiqlashtirilishi kerak.
Ostonaning Nur-Sultonga o‘zgartirilishini Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev yangi lavozimiga kirishish vaqtidagi qasamyod keltirishdan keyin taklif qilgan.
“Buyuk zamondoshimiz – Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning nomini quyidagicha abadiylashtirish kerak: poytaxtimiz Prezidentimiz ismini olib, Nur-Sulton deb nomlanishi lozim. Shuni qo‘shimcha qilishni istardim, bu taklif Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 2016 yil 23 noyabrda parlamentchilar tomonidan qabul qilingan deklaratsiyada ham bildirilgan”, deb aytgan Toqayev.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026