Jahon | 09:06 / 21.03.2019
7190
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Trampni dorilarga atalgan pulni “o‘g‘irlashda” aybladi

Foto: twitter.com/PresidencialVen

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatini mamlakatdan hukumat dori-darmon sotib olishga sarflamoqchi bo‘lgan 5 mlrd dollarni “o‘g‘irlashda” aybladi. Bu haqda Maduroning tvitterdagi sahifasida aytilgan.     

“Venesuelaning butun aholisi Donald Tramp ma'muriyati tajovuziga qarshi kurasha olishi uchun sifatli tibbiy yordamdan erkin foydalana olishi bo‘yicha ulkan sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. AQSh hukumati bizdan xorijdan dori-darmon sotib olish uchun sarflanmoqchi bo‘lgan 5 mlrd dollarni o‘g‘irladi”, deb yozgan Maduro.   

Venesuela rahbarining aytishicha, mamlakat aholisiga na gumanitar, na boshqa yordam kerak. Uning fikricha, AQSh va Lotin Amerikasi davlatlari gumanitar yordam bilan venesuelaliklarni faqatgina kamsitishga urinmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid