Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges duşanba, 29 iyun kuni televideniye orqali qilgan çiqişida zilzila oqibatlari haqidagi sönggi ma’lumotlarni e’lon qildi. Uning aytişiça, tabiiy ofat natijasida 15 866 kişi boşpanasiz qolgan.
Avvalroq zilzilalar qurbonlari soni kamida 1450 nafar ekani xabar qilingan edi. Biroq qutqaruv işlari davom etayotgani va ön minglab odamlar bedarak yöqolganlar röyxatida qolayotgani sababli qurbonlar soni yana oşişi mumkinligi aytilmoqda.
Fojia 24 iyun kuni Venesuela şimolida, poytaxt Karakasdan ğarbda sodir bölgan. Hududda atigi 39 soniya farq bilan magnitudasi 7,2 va 7,5 bölgan ikki kuçli zilzila qayd etilgan. Mutaxassislar buni mamlakatda sönggi 125 yilda kuzatilgan eng kuçli seysmik hodisalardan biri sifatida baholamoqda.
Asosiy silkinişlardan keyin önlab afterşoklar ham röy bergan. Zilzila oqibatida köplab turar joy binolari va infratuzilma obektlari vayron bölgan. Ayniqsa, xalqaro aeroport va mamlakatning eng yirik dengiz porti joylaşgan La-Guayra ştati jiddiy zarar körgan.
Zilziladan keyin Venesuelada favqulodda holat e’lon qilindi. Qutqaruvçilar vayronalar ostida qolganlarni izlaş işlarini davom ettirmoqda. Bedarak yöqolganlar soni yuqoriligi sababli mamlakatda vaziyat oğirligiça qolmoqda.
AQŞ Milliy sunami haqida ogohlantiriş markazi ma’lumotiga köra, Venesuelada “seysmik duplet” deb ataladigan hodisa yuz bergan. Bunday holatda bir hududda juda qisqa vaqt oraliğida katta magnitudali ikki zilzila sodir böladi.












