Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik M.Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti yangi agentlik ixtiyoriga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur texnikalarni, shu jumladan, lizing asosida xarid qilish manbalarini aniqlash, kamida uchta “in-vitro” usuli asosida ko‘chatlar yetishtirish bo‘yicha hududiy laboratoriyalar va issiqxonalarni tashkil qilish, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan yer uchastkalari va obektlarni optimallashtirishni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda respublikadagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda “ishlab chiqarish – tayyorlash – saqlash – qayta ishlash – qadoqlash (tara) – tashish – ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish” tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026