Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Millioner ish haqi yiliga 52 ming dollar bo‘lgan sayohatchi ish o‘rni haqida e'lon qildi
Foto: Matt Lepre
Avstraliyalik millioner butun dunyo bo‘ylab o‘zi bilan sayohat qiladigan va unga biznesni yuritishda yordam beradigan shaxsiy yordamchi hamda sayyoh ish o‘rni haqida e'lon qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
26 yoshli tadbirkor Metyu Leprening ma'lum qilishicha, u ish haqi bir yilda 52 ming dollar bo‘lgan (oyiga taxminan 4,3 ming dollar) «dunyodagi eng zo‘r ish» uchun xodim izlayapti.
«Ish bilan uyg‘unlashgan sayohatlar mening hayotimni mukammal qildi. O‘z navbatida, men ham kimgadir ideal hayot kechirish imkoniyatini bermoqchiman», - dedi avstraliyalik.
Uning aniqlik kiritishicha, nomzod nafaqat sayohat qilishni yaxshi ko‘rishi, balki kompyuterlarni tushunishi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalana bilishi, tartibli va shijoatli bo‘lishi kerak. Shuningdek, Leprening qo‘shimcha qilishicha, o‘z qobig‘idan tashqariga chiqa oladigan xodimni qidirmoqda.
Tadbirkorning ta'kidlashicha, ish o‘rniga qiziqish bildirganlar uning YouTube-kanaliga obuna bo‘lishi va hayotini kuzatib borishi kerak.
«Nomzodlar men shug‘ullanayotgan ishni yaxshi bilishi lozim. Shu haftadan boshlab haftalik vloglarni joylashtiraman hamda hayotimdagi hodisalarga odamlarni jalb qilishni boshlayman, shunda ular bu ishga haqiqatan ham mos kelishadimi yoki yo‘qmi, buni tushunishadi», - deya xulosa qilgan Lepre.
Mavzuga oid
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
14:40 / 21.03.2026