Sport | 22:57 / 22.03.2019
21339
2 daqiqa o‘qiladi

Nigerlik futbolchi birorta o‘yinda maydonga tushmay «Qo‘qon-1912»ni tark etdi 

9 mart kuni «Qo‘qon-1912» klubi nigerlik futbolchi Olive Aruna Bonn transferini e'lon qilgan edi.

Bugun, 22 mart kuni futbolchi bilan imzolangan shartnoma bekor qilingani ma'lum bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bonn oilaviy sharoitidan kelib chiqib, vataniga qaytishni lozim topgan. Uning O‘zbekistonga kelishidan oldin otasi vafot etgan, bu holat futbolchining ruhiy holatiga qattiq ta'sir qilgan. Bonn shunday og‘ir kunda onasini yolg‘iz qoldirib kelganidan afsusga tushgan.

Qayd qilish joizki, Olive Aruna Bonn «Qo‘qon-1912» tarkibida birorta o‘yinda maydonga tushmadi.

Ma'lumot o‘rnida, 29 yoshli futbolchi tayanch yarimhimoya nuqtasida to‘p tepadi. Faoliyati davomida Fransiyaning «Nant», Belgiyaning «Bryussel», Bolgariyaning «Vereya», «Lokomotiv», «Montana», Janubiy Koreyaning «Gvangju» va «Seongnam» klublarida o‘ynagan. Niger terma jamoasi tarkibida 13ta o‘yinda maydonga tushgan.

Mavzuga oid