16:17 / 22.03.2019
11883

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar AQSh Markaziy qo‘mondonligida Navro‘zni nishonlashdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 21 mart kuni Navro‘z ayyomi munosabati bilan AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligida (Tampa shahri, Florida shtati) rasmiy vakil sifatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan xorijiy hamkasblariga bayram tadbiri tashkil etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tadbirda AQSh Qurolli kuchlari CENTCOM rahbariyati hamda u yerda hamkorlik faoliyatini yuritayotgan 50 dan ortiq davlat vakili qatnashdi. O‘zbekistonlik harbiylar va ularning oila a'zolari tomonidan bahoriy taomlardan iborat o‘zbekona bayram dasturxoni yozilib tadbir ishtirokchilari e'tiboriga havola etildi. Ko‘k somsayu-chuchvaralar hamda oshni tatib ko‘rgan mehmonlar o‘zbekona mehmondorchiligu, milliy taomlarga yuqori baho berishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, tadbir davomida “Yangi O‘zbekiston” nomli targ‘ibot taqdimoti ham namoyish etildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Taqdimotda o‘zbek xalqining buyuk merosi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tarixiy obidalari, iqtisodiyoti va siyosati, milliy armiyasi, O‘zbekiston hududida yashab ijod etgan buyuk siymolari va ularning dunyo tsivilizatsiasining rivojiga qo‘shgan hissasi, bugungi kundagi yangi O‘zbekistonning barcha sohalarda erishayotgan ulkan yutuqlari va boshqa jihatlari namoyish etildi. 

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” mavzusida namoyish etilgan qisqa metrajli hujjatli film barchada katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining ushbu tadbirga tayyorgarligi va ishtirokiga AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi tomonidan yuqori baho berildi va tashakkur izhor etildi. 

Mavzuga oid
Top