Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston fuqarolari Putinning Bishkekka tashrifi arafasida «migratsiya amnistiyasi»ni olishadi
Qirg‘iziston fuqarolari uchun Rossiyada «migratsiya amnistiyasi» yuz beradi. Bu haqda 22 mart kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan.
«Migratsiya amnistiyasi» davrida Rossiyada Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunchiligini buzgan holda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolariga 2019 yil 22 apreliga qadar Rossiyadan erkin tarzda chiqib ketish va Rossiya Federatsiyasi hududiga (istalgan vaqtda) ma'muriy javobgarlikka tortilmagan holda kirib borish huquqi beriladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirg‘izistonga davlat tashrifi arafasida Qirg‘iziston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish doirasida Rossiya tomoni Qirg‘iziston fuqarolari uchun «migratsiya amnistiyasi»ni taqdim etishga qaror qildi.
Bundan oldin, Tojikiston - Qirg‘iziston chegarasida vaziyat keskinlashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
20:20 / 06.07.2026