Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:28 / 22.03.2019
7223
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda haydovchi mashinada odamlarni qasddan bosib ketishi qurbonlarga olib keldi
Foto: AFP
Xitoyning Xubey viloyatida haydovchi avtomobilda piyodalarni qasddan bosib ketdi, oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, yana 7 kishi yaralangan.
Ma'lum qilinishicha, voqea Tszaoyan shahrining Taypin posyolkasida 22 mart erta tongda yuz bergan. Politsiyaga bir erkak avtomobilda piyodalarni urib ketayotgani haqida ma'lumot kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar erkakni otib tashlashgan. Haydovchining jinoyati sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026