Jamiyat | 13:00 / 23.03.2019
21061
5 daqiqa o‘qiladi

«Bugun yonimda uxlayotgan farzandim ertaga ko‘zini ocharmikin?». Munisa uchun ko‘makka shoshilaylik

Farzand... Jigarbandlarimiz bilan o‘tkazgan har daqiqamiz shirin tushga o‘xshaydi. Ammo, ularning joni zarracha qiynalsa, ota-ona uchun bunga teng azob yo‘q bu olamda. Ijodiy guruhimiz bilan shunday mashaqqatlarni boshidan kechirayotgan yosh oila tomon yo‘lga tushdik. Bu xonadonning qizi Munisa og‘ir dard bilan xastalangan. Toshkent viloyati, Toshkent tumanida bu oila bilan uchrashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Farzandimiz 7 oylik bo‘lganda, kardiogramma qildirganmiz va qizimizda yurak porogi borligini bildik. Ikkita tuynugi bor. Bittasi kichkina, shu sababli bitib ketadi deb aytishdi. Ikkinchisining kattaroq bo‘lganligi uchun operatsiya qilish kerak. Har 3 oyda muolaja olasizlar, deyishdi. Kimga ko‘rsatsak iloji boricha tezroq operatsiya qilish kerak deyishyapti. O‘pkada ham bosim ortayotgan ekan. Bolada Daun sindromi ham borga o‘xshayapti. Tezroq qilinmasa, operatsiya 2 bosqichda bo‘ladi va buni bola ko‘tarishi dargumon deyishdi. Operatsiya o‘zimizda qilinar ekan. 26 million so‘m mablag‘ ketar ekan. Tekshiruvlarning o‘ziga ham o‘rtacha 3 million so‘mga yaqin ketar ekan.

Farzandingizning kasalligini ko‘rish og‘ir, lekin ertaga ham ko‘zini ocharmikin degan o‘y yana ham og‘irroq. Har kuni shu savolni o‘zimga beraman. Bugun yonimda, birga uxlaymiz. Ertaga ham yonimda bo‘larmikin? Ertalab shu bolamni uyg‘oq holda ko‘rarmikinman, deb turaman. Yurak porogi xavfliligini eshitganimdan beri qo‘rquvim yanada ortdi. Daun sindromini kasallik, deb bilmayman. Bundan qo‘rqmayman, uyalmayman. Xudoga behisob shukr. Bu sinovmi yoki sabrimni sinashmi, bilmadim. Xudoyim shu bolamni yuragini sog‘aytirib bersa edi. Eng katta muammomiz hozir – shu.

Xo‘jayinim ijaraga mashina olib tirikchilik qiladi. Ular bu qizimiz uchun ko‘proq qiynalmoqda. Ularning yig‘lay olmasliklari eng katta muammo. Balki, yig‘lasa kerak. Bir chetda ko‘z yoshlarini artganini ko‘rib qolaman. Shu mavzuda gap ochilsa ketib qolishlari, haddan tashqari asabiy bo‘lib qolganliklari uchun mendan ko‘ra ko‘proq qiynalyotganligini bilsa bo‘ladi. Lekin, ertangi kundan umidimizni uzmaymiz» deydi bemor onasi Gulnoza Istatova.

Mehrli bu oila ozgina turtki sabab, ularni qiynab kelayotgan tashvishdan xalos bo‘lishadi. Bu uchun katta mablag‘ shart emas. Bizdan ozgina saxovat ular uchun yetarli. Qo‘limizda shunday sharoit bor ekan, ularga yordam qilaylik. Qizaloq Munisaning sog‘ayishiga ko‘mak beraylik. Oilaning duosi bilan ikki dunyo saodatiga erishaylik.

Gulnoza Istatova (onasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0424 3797 5989 (Agrobank)

MFO: 00162

INN: 201614828

Naqd pul topshirganda: 23116000100000162001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000000000162001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000600000162001

Telefon raqami: (90) 137-02-44

                                 (93) 586-57-52

Bahodir Ahmedov


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid