Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Qurbonov: “Yutuqlarimiz nafaqat bizniki, balki butun mamlakatnikidir”
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bugun, 25 mart kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida Rossiya Federatsiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlarning oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari o‘rtasida informatika fani bo‘yicha hamda oliy ta'limgacha muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiada sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, vazirlik markaziy apparati ofitserlari, xalqaro olimpiadada ishtirok etgan yoshlar qatnashdi.
Xalqaro olimpiadaning informatika fani bo‘yicha O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlarining ikkita jamoasi ishtirok etib, bitta yo‘nalishda yuqori natijani qayd etgan edi. Olimpiadaning mutaxassislik tayyorgarligi yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik kursantlar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlarning oliy ta'limgacha muassasalari o‘rtasida matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi olimpiadada O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari 2-o‘rinni qayd etishdi.
Tadbir davomida Bahodir Qurbonov V xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildirib, harbiy xizmatchilar tomonidan xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar butun mamlakatimiz yutug‘i ekanini ta'kidlab o‘tdi.
Xizmat burchini vijdonan bajarayotgan va yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan shaxsiy tarkibni rag‘batlantirish hamda keyingi xalqaro olimpiadalarda bundan ham yuqori saviyada ishtirok etishlariga zamin yaratish maqsadida kursantlar, o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mavzuga oid
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
14:09 / 31.01.2026