O‘zbekiston | 13:01 / 26.03.2019
5853
5 daqiqa o‘qiladi

Pasport rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning fuqarolikka mansubligini aniqlash tartibi belgilanadi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

Nizom bilan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (MvaFRB) tomonidan aniqlanadi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni pasport rasmiylashtirishda ma'muriy javobgarlikdan ozod etish, ichki ishlar organlarining taqdimnomasiga asosan, sud organlari tomonidan hal etiladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning pasportlarini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning arizasiga ko‘ra, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining MvaFRBlari orqali pasport rasmiylashtirib olishlari uchun ularga reabilitatsiya markazlari tomonidan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma'lumotnoma beriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma'lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etganda, shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma'lumotnoma kotibiyatdan ro‘yxatdan o‘tkazilib, ichki ishlar organi boshlig‘ining munosabat belgisi asosida tuman (shahar) MvaFRBga beriladi.

MvaFRB mas'ul xodimi ushbu shaxsni, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini;

- uning tug‘ilgan vaqti va joyi,

- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari mavjudligi,

- ilgari yashagan va doimiy propiska qilingan manzili,

- ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari haqidagi ma'lumotlarni aniqlash orqali o‘rganib chiqadi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki yuqligi yuzasidan tegishli xulosa qabul qilinadi va tuman (shahar) rahbari yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yo‘qotib qo‘ygan va doimiy propiskasi bo‘lmagan (sud qarori bilan doimiy propiskadan chiqarib yuborilgan va/yoki doimiy propiskaga qo‘yishga asoslari mavjud bo‘lmagan) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga istisno tariqasida, vaqtincha hududiy Reabilitatsiya markazlari manziliga turgan joyi bo‘yicha hisobga olinadi va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs chet el fuqarosi ekanligi aniqlansa, u o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan taqdirda, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining MvaFRBlari shaxsini tasdiqlovchi vaqtincha ma'lumotnomani belgilangan tartibda beradi, shuningdek, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda doimiy propiskani rasmiylashtirish, yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub deb topilgan va doimiy propiskada turgan shaxsga doimiy propiskada turgan manzilidagi ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish beriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga Reabilitatsiya markazidan berilgan ma'lumotnomaga asosan avval fuqarolik pasport rasmiylashtirib berilgan bo‘lsa, ularga qayta ma'lumotnoma berilmaydi.

Ular O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini bilan hujjatlashtiriladilar. 

MvaFRB tomonidan berilgan ma'lumotnoma bilan murojaat qilgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni hujjatlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha Reabilitatsiya markazlariga ma'lumot yuboriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid