Sport | 22:51 / 27.03.2019
13679
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» 80 million yevrolik transferini e'lon qildi

«Atletiko» himoyachisi Lyuka Ernandes faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi.

Myunxen klubi 23 yoshli futbolchi transferini e'lon qildi. Shartnoma 2019 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi va 5 yil amal qiladi. «Bavariya» fransiyalik futbolchi uchun 80 million yevro to‘laydi.

Avvalroq, Ernandes «Bavariya»da taxminan 13 million yevro maosh olishi va klubning eng serdaromad futbolchilaridan biriga aylanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ernandes transferi Germaniya futbolida rekord o‘rnatdi. Bundan oldingi eng yuqori ko‘rsatkichni «Lion» yarimhimoyachisi Korenten Tolissoning «Bavariya»ga 41,5 million yevrolik transferi qayd qilgan edi.

Mavzuga oid