Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, apparat Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot- tahliliy va bayonnoma jihatdan ta'minlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”, jadvallar, harakatlar dasturlari, amaliy chora- tadbirlarni ishlab chiqadi.
Apparat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Apparat unga yuklangan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining apparatlari, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Apparat yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, g‘aznachilik shaxsiy va bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Quyidagilar apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shchuningdek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan Hukumatning vakolatlari amalga oshirilishini ta'minlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensnyalarini kompleks tahlil qilinishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlarning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining tizimli monitoringi olib borilishini ta'minlash:
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni, tadbirkorlikni keng rivojlantirish, aholi bandligi va hayoti darajasini izchil oshishini ta'minlaydigan eng muhim ustuvor vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;

















