O‘zbekiston | 22:41 / 28.03.2019
4072
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: Har yili 20 nafar yosh professor-o‘qituvchi va murabbiy xorijga yo‘llanadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2019-2023 yillar mobaynida har yili O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga asosan istisno tariqasida tanlov o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 20 nafar yosh professor-o‘qituvchi va murabbiylarning xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarida ta'lim olish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash xarajatlarini “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga asosan 2019-2023 yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarida ta'lim olgan, malaka oshirgan, stajirovkadan o‘tgan professor-o‘qituvchilar va trenerlar davlat ta'lim muassasalarida qishki sport turlari yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida kamida 5 yil muddat faoliyat olib borishadi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid