Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlarning biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ilk tadbirkorlik markazi ish boshladi
28 mart kuni Buxoro viloyatida ish boshlagan birinchi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 7 mart kuni imzolagan “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatidan Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, Markaz ayollarning biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularga zarur maslahatlar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, Markaz uzoq muddat bola parvarishlash ta'tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar bo‘yicha qayta tayyorlashga ham ko‘maklashadi.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitiladi. Maxsus dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit beriladi.
Buning uchun Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 mlrd so‘m ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026