XTV ota-onalarning uzoq vaqt chet elga ishlash uchun ketishini cheklash bo‘yicha qonun qabul qilish taklifi haqida izoh berdi
Joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostidagi “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish haqidagi murojaati bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘zlarini qiziqtirgan va tashvishga solgan masalalari bilan murojaat etishgan. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan sammitda ishtirokchilar tomonidan turli mavzularga oid takliflar berilgan.
Tadbir ishtirokchisi voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish bo‘yicha taklif bergan.
Bu taklif qizlarning atrofdagi voqealarni o‘rganishlari asosida berilgan. Ya'ni, ota-onalari xorijga ishga ketgan ayrim yoshlar turli nojo‘ya ishlarga, jumladan jinoyatchilikka ham aralashib qolmoqda, deyiladi izohda.
Bildirilishicha, mazkur taklif hech kim tomonidan ataylab uyushtirilmagan. Taklif bergan qizlarning voyaga yetmaganligini hisobga olib, sammit davomida mutaxassislar tomonidan qonun birinchi navbatda inson manfaatlariga zid bo‘lmasligi va bu mazmundagi normativ hujjatlar fuqarolarning erkinligini cheklashiga olib kelishi haqida batafsil tushuncha berilgan.
Mavzuga oid
09:59
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
09:40 / 18.10.2024