Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda piyodani mashinasida urib yashiringan haydovchi ushlandi
28 mart kuni soat ertalab 7:00 da Urgut tumani hududidagi Urgut–Jartepa avtomobil yo‘lining Jayratepa mahallasidan o‘tuvchi qismida noma'lum avtomashina shu mahallada istiqomat qiluvchi 1962 yilda tug‘ilgan ayol G.J.ni urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi qattiq zarbdan jarohat olgan yo‘lovchiga yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan yashiringan.
Jabrlanuvchining tos suyagi singan va boshqa og‘ir jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Uning ahvoli o‘rtacha og‘ir.
Urgut tuman IIB YXHB inspektori, safdor U.Abduhalimov tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasini Qoldivayjar mahallasida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan I.I. o‘zining VAZ-2105 rusumli avtomashinasida sodir etgani aniqlangan.

Samarqand viloyat IIB YXHB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
07:23
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026