Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda firibgarlik orqali 2500 dollar pulni o‘zlashtirgan ayolga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining ochiq sud majlisida 4 nafar farzandning onasi bo‘la turib, hech bir foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan ayolning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sudda aniqlanishicha, G. Salimova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2018 yilning 6 yanvar kuni O.Umarovaga Rossiya Federatsiyasidan tanishlari orqali non mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini olib keltirib berishni va'da qilgan va 2018 yilning may oyiga qadar 2500 dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan.
Sud G. Salimovaga jazo tayinlashda uning aybiga to‘liq iqrorligi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonda bo‘lib, shaxsini va oilaviy sharoitini, ayolligini, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasini, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini inobatga olib, O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, JKning 60-moddasi tartibida 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.
Shuhrat Kamolov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Navoiy viloyat sudi raisi o‘rinbosari.
Mavzuga oid
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
14:26 / 18.03.2026