Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yili Rossiyadan O‘zbekistonga 3,96 mlrd dollar yuborildi
2018 yilda O‘zbekistonning transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,11 milliard dollardan oshiqni tashkil etdi (2017 yilda 4,89 milliard dollar). Bu haqda Markaziy bank ma'lumotnomasida keltirilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga 899,9 million dollar o‘tkazilgan (2017 yilda 724,5 million dollar).
O‘tgan yili O‘zbekiston MDH davlatlaridan 4,35 milliard dollar (2017 yilda 4,29 milliard dollar), shu jumladan, Rossiyadan 3,96 milliard dollar (2017 yilda 3,9 milliard dollar) va Qozog‘istondan 320 million dollarlik pul o‘tkazmalari olgan (2017 yilda 317,9 million dollar).
O‘tgan yilda O‘zbekistondan MDH mamlakatlariga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari hajmi 556,8 million dollarga yetgan (2017 yilda 470,9 million dollar). Boshqa mamlakatlarga esa 343 million dollar (2017 yilda 253,6 million dollar) yuborilgan. O‘tgan yili jismoniy shaxslar Rossiyaga 402,2 million dollar jo‘natishgan.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
13:45 / 24.04.2026
Birinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari 13 foizga oshdi
17:45 / 31.03.2026
Qaysi ilovalar orqali foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin?
14:51 / 31.03.2026