UzCard yoki Yagona umumrespublika protsessing markazi Özbekistonda ommalaşgan, deyarli, barça plastik kartalar egalariga xizmat körsatadi. Markaz rahbari Mahmudov Ahror Abroroviç Kun.uzʼga bergan intervyusida YaUPM tarixi, faoliyati, kelgusi rejalari va kompaniya atrofidagi turli gaplarga munosabat bildirdi.

─ Köpçilik uçun qiziq bölsa kerak, UzCardʼning tarixi haqida gapirib bersangiz. Hammasi qanday boşlangan?
─ Yagona umumrespublika protsessing markazi taşkil etilganiga 15 yildan oşdi. Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi hududida öz yönalişida dastlabki oçilgan markazlardan biri hisoblanamiz. Protsessing markazi har bir suveren respublikaning milliy boyligi, deb öylayman. Çunki, agar sizdagi moliyaviy siyosat mahalliy darajada heç kimga boğliq bölmasagina, haqiqiy moliyaviy suverenitetga erişiş mumkin. Ya'ni biz taşqi ta'sirlardan öz içki barqarorligimizni doimo ta'minlay olamiz. Yagona umumrespublika protsessing markazi oçilganda har bir bank bu tizimga a'zo bölgan. Dastlab onlayn kartalarga qadar oflayn kartalar, ya'ni DUET kartalar mavjud bölgan. Öşa paytda bunday kartalar haqiqatan kerak bölgan, keyinçalik unga bölgan talab susaydi.
─ Markaz MÇJ şaklida qöşma korxona bölib oçildi. Uni taşkil etiş ğoyasi kimdan çiqqan?
─ Respublikadagi barça banklar, aniqroq qilib aytganda, 29ta bank Özbekiston banklar assotsiatsiyasiga a'zo böliş qatorida UzCard tizimiga ham qöşilgan. Bu loyiha Özbekiston banklar assotsiatsiyasining taşabbusi asosida taşkil etilgan.
─ Bu tizim bilan birga ikkilamçi, uçlamçi tizimlar ham paydo bölgan. Aytaylik, onlayn tölovlarni ötkaziş qulay böldi, plastik kartadan foydalaniş qulaylaşdi. Qöşni davlatlar, xususan, Tojikiston misolida köriş mumkinki, ba'zi banklarning yopilişi natijasida odamlarda plastik kartaga bölgan işonç yöqoldi. Özbekistonda aholida plastik kartalarga bölgan munosabat, işonç qanday şakllandi?

─ Bu jarayon oson keçmagan. Dastlab mavjud bölgan DUET kartalar ötgan yilning yanvar oyiga kelibgina muomaladan töliq çiqarildi. Dunyoda faqatgina ikkita davlatda ─ Mongoliya va Özbekistonda bu saqlanib qolgan edi. Oflayn rejimdagi kartalardan butkul çiqib, yangi tizim asosida işlaşni özimizga maqsad qilib qöygandik. Hozirda dunyodagi 200ta davlatning 45tasida protsessing markazi mavjud.









