Ikromov Dilşod Şuhratoviç «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MÇJ boş direktori etib tayinlangan. Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestrida MÇJ haqidagi özgargan ma'lumotlar şundan darak bermoqda.

Dilşod Ikromov tayinlovga qadar Markaziy bankning axborot texnologiyalari departamentini boşqarib kelayotgan edi.

Sport ma'lumotiga köra, u avvalroq boşqa bir tölov tizimi – HUMO rahbarining örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Bunga qadar Uzcard'ga Ahror Mahmudov rahbarlik qilayotgandi. U şu yil may oyiga qadar MÇJning 75 foizlik, avgustga qadar esa 25 foizlik uluşiga egalik qilib kelgan.

Avvalroq kompaniyaning 51 foiz uluşini Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki sotib olgani ma'lum bölgandi. Şuningdek, Sanoatqurilişbank va Asaka bank YaUPMning 6 foizdan uluşini qölga kiritgan. Mos ravişda 25 va 12 foiz uluşga egalik qilayotgan bir nafardan jismoniy va yuridik şaxsning ismi oçiqlanmagan.