Jahon | 22:12 / 01.04.2019
9496
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning eng eski turmasi hashamatli mehmonxonaga aylantiriladigan bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Aleksandrov Artur

Yaponiyadagi eng eski turma yaqinda oliy sifatli mehmonxonaga aylantiriladi. Bu haqda News On Japan nashri xabar berdi. 

Shu maqsadda Nara turmasini rekonstruksiya qilishga 136 mln dollar sarflash rejalashtirilgan. Jumladan, turmani zilzilalarga bardoshliligini oshirish bo‘yicha ishlar o‘tkaziladi.  

Qizil g‘ishtdan qad rostlagan Nara turmasi qurilishi 1908 yilda yakunlangan va o‘shandagi hukumat tomonidan qurilgan 5 ta turmadan yagona tegilmagani hisoblanadi. Turma muhim madaniy obekt deb tan olinib, Yaponiyada mehmonxonaga aylantirilgan ilk turma bo‘ladi. 

Turma 2017 yilgacha faoliyat yuritgan, unda balog‘atga yetmagan qonunbuzarlar saqlangan.

Mehmonxona 2021 yilda ochilishi rejalashtirilgan. Shifti baland kameralar mehmonlar uchun xonalar, omborxona va soqchilar xonalari esa restoran va zallarga aylantiriladi.

Mehmonxonada bir necha o‘nlab xona bo‘ladi. Unda bir kecha turish narxi hozircha oshkor qilinmagan, biroq 450 dan 725 dollargacha turishi mumkin, buni oliy sifatli mehmonxonalardagi narxlarga qiyoslasa bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid