Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi teraktlardan keyin hukumat aholidan qurollarni qaytarib sotib olmoqchi
Yangi Zelandiya hukumati 14 mart kuni Kraystcherchdagi ikkita masjidga hujumlardan keyin o‘z fuqarolaridan o‘qotar qurolni qaytarib sotib olmoqchi. Qurolni sotib olish uchun 300 million Yangi Zelandiya dollari (200 mln dollardan ko‘proq) talab etilishi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern bu maqsadda kamroq pul – 100 mlndan 200 mln Yangi Zelandiya dollarigacha sarflanishi mumkinligini aytgan. Biroq uning o‘rinbosari Uinston Pitersning aytishicha, “vaziyat kutilgandan yomonroqligiga tayyor turish” lozim.
1 aprelda mamlakat parlamentida o‘qotar qurolga egalik qilish qoidalariga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar taqdim qilingan. Deputatlar bu o‘zgartirishlarni yaqin orada muhokama qilishadi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Yangi Zelandiyada ko‘plab yarimavtomatik miltiq turlari taqiqlanadi, sentyabrgacha esa yangi zelandiyaliklar o‘z qurollarini politsiyaga topshirishlari kerak bo‘ladi. Faqatgina 22 kalibrdagi miltiqlarga hamda o‘qdoni 5 ta va undan kamroq o‘qqa mo‘ljallangan qurollar bundan istisno qilingan. Qonunni buzganlik uchun qamoq jazosi berilishi mumkin: taqiqlangan qurolni saqlaganlik uchun – 2 yillik, uni odamga o‘qtaganlik uchun 7 yilgacha qamoq jazosi.
Bugungi kunda Yangi Zelandiyada qurolni internet orqali sotib olish mumkin, istalgan fuqaro 16 yoshdan boshlab maxsus litsenziya asosida unga egalik qila oladi.
Yangi o‘zgarishlarga qarshi o‘qotar qurol egalari uyushmasi a'zolari qarshi chiqmoqdalar. Ularning ta'kidlashicha, yangi qonun Yangi Zelandiyaning 250 ming fuqarosini jinoyatchiga aylantiradi. Biroq Piters bu gaplarni “safsata” deb atagan.
Mavzuga oid
14:08 / 21.04.2026
Turkiyada o‘qotar qurol nazorati kuchaytiriladi
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025