23:25 / 02.04.2019
12081

Yevropaning eng ishonchli darvozabonlari ma'lum bo‘ldi

Transfermarkt portali Yevropaning eng yaxshi 5ta ligasida ishonchli o‘yin namoyish qilayotgan va o‘z darvozasi daxlsizligini hammadan ko‘p saqlab qolayotgan darvozabonlar reytingini e'lon qildi.

Yuqori uchlikka bir xil natijani qayd qilgan «Atletiko» posboni Yan Oblak, «Liverpul» darvozaboni Alisson va «Manchester Siti» kiperi Ederson kirdi. Ular mavsum davomida 20ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan.

Top-5 ligalarda o‘z darvozasi daxlsizligini hammadan ko‘p saqlab qolayotgan darvozabonlar:
20 – Yan Oblak (Atletiko)
20 – Alisson (Liverpul)
20 – Ederson (Manchester Siti)
18 – Kepa Arrisabalaga (Chelsi)
17 – Peter Gulyasi (RB Leypsig)

Mavzuga oid
Top