«Liverpul» darvozaboni Alisson APL 1-turidan örin olgan «Norviç»ga (4:1) qarşi öyinda jarohat oldi.

Braziliyalik posbon 39-daqiqada maydonni tark etişga majbur böldi. Uning örnini jamoaning yangi öyinçisi Adrian egalladi.

Öyindan söng «Liverpul» ustozi Yurgen Klopp darvozabonning jarohati muşak bilan boğliq ekani va jiddiy emasligini aytdi. Ammo UYeFA Superkubogi uçun bahsda maydonga tuşmasligini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, UYeFA Superkubogi uçun bahsda «Liverpul» va «Çelsi» klublari bellaşadi. Öyin 15 avgust kuni soat 23:55da boşlanadi.