Foto: Sergey Bobylev/TASS

Alisson Bekker kecha «Roma»dan «Liverpul»ga o‘tdi. Ingliz klubi braziliyalik darvozabon uchun jami 72,5 million dollar to‘ladi. Natijada Alisson hozirgi va o‘tgan zamonaning eng qimmat darvozaboniga aylandi. Shu munosabat bilan TASS nashri futbol tarixidagi eng qimmat o‘nta futbolchini yodga oldi.

10. PeTR CheX, 13 million yevro («Renna»dan «Chelsi»ga)

Foto: EPA-EFE/FACUNDO ARRIZABALAGA

Chex - «Viktoriya» tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, professional faoliyatida biron marta ushbu klub darvozasini qo‘riqlagan emas. 1999 yildan 2002 yilgacha Chexiyada «Xmel» va Praganing «Sparta» jamoalarida o‘ynadi, shundan so‘ng Fransiyaning «Renn» klubiga o‘tdi. Chexning xizmatlari evaziga «Renn» Fransiya kubogi yarimfinaliga qadar yetib bordi va 2003/04 yillar mavsumida chempionatni to‘qqizinchi o‘rinda yakunladi.

2004 yilda futbolchi «Chelsi» safiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Londonliklar uning transferi uchun 10 million yevro va qo‘shimcha 3 million miqdorida bonuslar to‘ladi. Bir yildan so‘ng Chexni «Janob zero» (zero – inglizchadan «nol») deya atay boshlashdi. Chunki ketma-ket 11 o‘yin va 35 daqiqa davomida darvozasidan gol o‘tkazib yubormay, liga rekordini o‘rnatgandi. Boshidan jiddiy jarohat olgach, o‘yinlarga niqobda chiqishi sabab boshqa bir laqabi - «tankchi» nomini ham oldi. 

«Chelsi» safida Chex to‘rt marta Angliya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘alaba qozondi. So‘ng 2015 yilda Londonning boshqa bir jamoasi - «Arsenal» safiga o‘tdi.

9. YaN OBLAK, 14 million yevro («Benfika»dan «Atletiko»ga»

Foto: EPA-EFE/GUILLAUME HORCAJUELO

Sloveniyalik Oblak 2010-2014 yillar davomida «Benfika»dagi o‘yinlari orqali o‘z nomini jahonga yoydi. 2013/14 yillar mavsumi uning uchun Lissabondagi eng yaxshisi bo‘ldi: u chempionatning eng yaxshi darvozaboni sifatida e'tirof etildi. Shundan so‘ng qo‘shni davlatga yo‘l olib, «Atletiko» safiga qo‘shildi. Yanning transferi madridliklarga 14 million yevroga tushdi. O‘shandan buyon yosh darvozabon «Atletiko»ning almashtirib bo‘lmas birinchi raqamli posboni bo‘lib qolmoqda.