Jamiyat | 20:03 / 03.04.2019
9272
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon xalq ta'limi boshqarmasi «Yoshlar tarbiyasida 5 muhim tashabbusni amalga oshirish» mavzusida viloyat seminari o‘tkazdi

Maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga yoshlikdan turli to‘garaklar orqali kasb-hunar sirlarini o‘rgatib borish ta'limning ajralmas qismidir.

Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Andijon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini sog‘lom hayot tarziga mos tashkil etish borasida «Yoshlar tarbiyasida maktabdan tashqari ishlarning o‘rni» mavzusida viloyat seminari o‘tkazdi.

Viloyatning barcha tuman-shaharlari vakillari ishtirok etgan mashvarat davomida maktabdagi - yosh rassomlar, teatr, musiqa, kompyuter savodxonligi, sport seksiyalari, adabiyot va san'at sirlarini o‘rgatuvchi to‘garaklar faoliyati yoritildi.

Bayram, sayil ko‘rinishida tashkil etilgan seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov so‘z olib, besh tashabbus – yoshlarni musiqa va san'atga qiziqishlarini oshirish, jismoniy tayyorgarlik, kompyuter savodxonligi, o‘quvchilarning ma'naviyatini yuksaltirish, qizlarni yoshlikdan hunarga o‘rgatib borishni tashkil etish borasida ma'ruza qildi va maktab kutubxonasiga sovg‘a sifatida150ta kitob topshirdi.

Qatnashchilar barcha to‘garaklar ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Mavzuga oid