O‘zbekiston | 17:33 / 04.04.2019
6985
6 daqiqa o‘qiladi

Axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash nazorati tizimi tubdan takomillashtiriladi

Foto: Flickr / Dennis Skley

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sifatini, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash nazorati tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:
 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot va idoralar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish holatini o‘rganish tartibi to‘g‘risida nizom;
 
Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi hamda davriy bosma nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar tarqatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tartibi to‘g‘risida nizom;
 
Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalarni (jarimalarni) hisoblash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom;
 
Texnik topshiriqlarni ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom;
 
Davlat axborot tizimlarini axborot xavfsizligi va axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom;
 
Apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va boshqa texnik vositalarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom;
 
Axborotlashtirish obektlarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq ekspertiza va auditdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanishi mumkin.
 
Belgilab qo‘yilishicha:
 
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish holatini o‘rganish va aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish va mualliflik huquqlari sohasida elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar tarqatilishida qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus maqomga ega vakolatli davlat organi hisoblanadi;
 
normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek davriy nashrlarni tarqatish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalarni (jarimalar) hisoblash va qo‘llash Davlat inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
 
Davlat inspeksiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qiladigan ko‘rsatmalari va qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tegishli tashkilot va idoralar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
 
Quyidagi tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tegishli tashkilot va idoralarning axborot tizimlari, ularni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik topshiriqlar va axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanishga ruxsat beriladi.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni joriy etish hamda kiberxavfsizlikni ta'minlashda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha strategik takliflarni ishlab chiqish maqsadida Davlat inspeksiyasi huzurida manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari va mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy-texnik va ekspert Kengashi tashkil etiladi;
 
Davlat inspeksiyasining quyidagi takliflari ma'qullanishi mumkin:
 
telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlari o‘z tarmoqlari holatini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlari sifatini monitoring qilishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish hamda ushbu axborot tizimini “Texnik ko‘maklashish markazi” davlat unitar korxonasining markazlashgan monitoring tizimiga ulash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilot va idoralarda joriy etilgan hamda ishlab chiqilayotgan, “Elektron hukumat” idoralararo ma'lumot uzatish tarmog‘iga ulangan axborot tizimlari va axborot resurslarini, ularning axborot xavfsizligini ta'minlash maqsadida Markazning monitoring tizimiga bosqichma-bosqich ulash;
 
Markazda axborotlashtirish obektlarining dasturiy mahsuloti, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya uskunalari va boshqa texnik vositalarini attestatsiyalash, ekspertiza qilish va sertifikatsiyalash laboratoriyasini tashkil etish;
 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «UNICON.UZ» DUKga biriktirilgan telekommunikatsiya texnik va sertifikatsiyalashga doir texnik vositalarini, shuningdek boshqa mulk (laboratoriya bino majmuasi, uskuna va qurilmalarni) xamda sertifikatlashtirish sinov markazining shtat birliklari bilan birgalikda beg‘araz asosda Markaz balansiga o‘tkaziladi.
 
Markazning axborot xavfsizligi vositalari va telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlash sinovidan o‘tkazish laboratoriyasiga zarur bo‘lgan texnik vositalar, bularda o‘lchash qurilmalari, sinov uskunalari va tegishli dasturiy ta'minotlari bilan jihozlash O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid