14:54 / 04.04.2019
66144

Rossiya NATO bosh kotibiga Gitler va Stalin bo‘yicha javob qaytardi

Foto: Getty Images

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonotiga munosabat bildirdi. Stoltenberg AQSh Kongressida chiqish qilib, natsistlar Germaniyasi fyureri Adolf Gitler, sovet ittifoqi yetakchisi Iosif Stalin va IShIDni bir qatorga qo‘ygandi. Bu haqda 4 aprel, payshanba kuni RIA Novosti xabar berdi.

«Qizil armiya nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qilgan Norvegiyada (Stoltenberg - Norvegiya sobiq bosh vaziri) kecha ko‘pchilik uyatdan boshini xam qildi», - deya hisoblaydi u.

NATO bosh kotibi 3 aprel kuni «ozodlik dushmanlari» haqida gapirdi. «Agar bosib turish ish bermasa, unda jang qilish kerak. Gitlerni tinch norozilik namoyishlari bilan to‘xtatish mumkin emas edi, Stalinni quruq so‘z bilan ushlab qolish imkonsiz edi, IShIDni esa muloqot bilan mag‘lub etib bo‘lmasdi», - deya ma'lum qildi u.

Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, alyansga a'zo davlatlar mudofaa uchun ko‘proq pul sarflashi lozim, sababi «ozodlikning bo‘lajak dushmanlari yana zo‘ravonlikni tanlashi ehtimoli bor».

Bundan oldin, OAV NATO Gorbachyovni qanday «aldagani» haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid
Top