Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik miqdordagi avtomobil ehtiyot qismlari hujjatdan «tushib» qolgani fosh etildi
Buxoro viloyati bojxonachilari yurtimizga tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yishdi.
Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy davlatdan ushbu bojxona postiga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda “Rapiskan M-60” inspeksion ko‘rik majmuasida skaner qilinib, tasvirlar o‘rganilganda, yukxonadagi yuklarning miqdori hujjatlarda ko‘rsatilganidan ko‘pligi ma'lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, ushbu avtomashinani bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 503,2 million so‘mlik tovarlar borligi aniqlandi. Mazkur tovarlarning asosiy qismini avtomobil ehtiyot qismlari tashkil etishi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026