Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
2019 yil 4 aprel kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumani O‘rta Shahrixon MFYda yashovchi S.T. “Lasetti” rusumli avtomashinasini Asaka tumani Sho‘rqishloq mahallasi hududida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va qarshisidan kelayotgan, Shahrixon tumanida yashovchi A.N. boshqaruvidagi “Moskvich-412” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Moskvich-412” avtomashinasidagi ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Lasetti” haydovchisi va “Moskvich-412” avtomashinasining yana bir yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:51
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026