Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati böyiça boşqarmasi, içki işlar hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida Asaka tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda Lacetti rusumli avtomaşina töxtatilib, tekşirildi.

Közdan keçiriş jarayonida transport vositasida bölgan Namangan va Marğilon şaharlarida yaşovçi 1970, 1981 va 1984 yillarda tuğilgan uç nafar fuqaroga tegişli 2 kilogramm gaşiş moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirildi.

Şuningdek, Marhamat tumanida ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda Quva şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi Cobalt avtomaşinasi tekşirilganda, undan 497 gramm gaşiş moddasi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur turdagi giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan bölişi mumkin.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, gumonlanuvçilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari bilan boğliq qonunbuziliş holatlari haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirmoqda.