Jahon | 00:36 / 05.04.2019
7626
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada Gruziyaning 66 fuqarosi qo‘lga olindi

Gruziya va Ispaniya huquq-tartibot idoralari Barselonada Gruziyaning 66 nafar fuqarosini hibsga olishdi. Ulardan 25 nafari xonadonlarda sodir qilingan o‘g‘rilik, 41 nafari migratsiya qoidalarini buzganligi uchun ushlangan.

IIV xabariga ko‘ra, 4 aprelda Barselonada «Merlin-Taka» nomli ommaviy tadbir o‘tkazilgan va unda 250 nafar politsiya xodimi ishtirok etgan. Natijada, turli mamlakatlardan kelgan 100 nafardan ortiq fuqaro qo‘lga olingan. 

Maxsus tadbir Barselona maktablaridan birida o‘tkazilgan, uning bir qismi jinoiy guruh tomonidan noqonuniy egallangan. 

«Ular orasida Gruziyaning 25 nafar fuqarosi bor. Ular xonadonlarda sodir qilingan o‘g‘rilik jinoyatida, jinoiy guruhlarga a'zolikda ayblanmoqda. Shuningdek, 41 nafar fuqaro migratsiya qoidalarini buzganligi uchun ma'muriy tartibda ushlangan»,- deyiladi bayonotda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid