Jahon | 20:40 / 05.04.2019
4101
2 daqiqa o‘qiladi

“Dakar” ralli-marafoni Saudiya Arabistonida o‘tadigan bo‘ldi

“Dakar” ralli-marafoni 2020 yildan boshlab Saudiya Arabistonida o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Autosport.com nashri xabar berdi. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, poyga tashkilotchilari Saudiya Arabistoni bilan bu borada 5 yillik shartnoma imzolashgan. Keyingi poyga Ar-Riyodda boshlanadi.

“Biz “Dakar” mintaqamizda o‘tishidan bag‘oyat xursandmiz. Saudiya Arabistonigacha yarim soatlik yo‘l. Biz Janubiy Amerikani, uning odamlarini, ajoyib davlatlarini yaxshi ko‘ramiz, ammo tashkilotchilar qarorini hurmat qilishimiz lozim”, deb aytgan avtomobillar sinfida poyganing amaldagi chempioni, qatarlik Nosir Al-Attiya. U shartnoma imzolanishida ishtirok etgan.

“Mutlaq ayonki, oxirgi yillarda “Dakar” zaiflashib bordi, bu hamma uchun tushunarli edi, ishtirokchilar soni kamayib borardi, trassalar kamroq darajada qiziqarli edi, Lotin Amerikasida biror mos narsani topishga urinishlar bo‘lardi. Ba'zi “Dakarlar” muvaffaqiyatsiz chiqsa, ba'zilari aksincha edi. Barchasi “Dakar” umuman yakunlanishi mumkindek xavotir tug‘dirardi. Shu sababli nimadir yuz berishi, poyga o‘tkaziladigan joy o‘zgarishi kerak edi. Saudiya Arabistoni variant sifatida qaralgan edi, joriy yil boshidan bu haqda ko‘p gapirilgandi”, deb izoh bergan “KAMAZ-master” jamoasi asoschisi Semen Yakubov.  

“Dakar” 1978 yilda tashkil etilgan. 2009 yilgacha poyga Senegal poytaxti Dakarda o‘tgan. 2009 yilda u teraktlar xavfi sababli Janubiy Amerikaga ko‘chirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid