O‘zbekiston | 15:07 / 05.04.2019
5192
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztransgaz» 2025 yilgacha talabga javob bermaydigan gaz quvurlarini almashtiradi

5 aprel kuni «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «O‘ztransgaz» vakilidan chekka hududlarga qachon yangi gaz quvurlari o‘tkazilishi to‘g‘risida so‘raldi.

«Tabiiy gaz berish qamrovini hududiy kengaytirish bo‘yicha hozirgi kunda dasturlar yo‘q.

Asosan hukumat qarorlariga ko‘ra yangi qurilayotgan ko‘pqavatli uylar, arzon uy-joylar, markaz va kommunikatsiyalarga yaqin bo‘lgan hududlarda quvurlar o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Suyultirilgan gaz quvurlari o‘tkazilishi rejalashtirilmagan. Joylarda suyultirilgan gaz yetkazib berish oraliq vaqtlarini qisqartirish va yetkazish hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

2025 yilgacha eski quvurlarning almashtirilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘riladi. Shu muddatgacha mo‘ljallangan dasturimizga ko‘ra bosqichma-bosqich joylardagi quvurlar almashtirib boriladi», deya «O‘ztransgaz» gaz tarmoqlari va uskunalaridan texnik foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Eshonqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Мирзаёр Эркинов
Tayyorlagan Мирзаёр Эркинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid