Anorbank Toşkent şahri Istiqlol köçasi 21-uyda joylaşgan bino-inşootlarni 254,6 mlrd sömga xarid qilgan. Bitim 2025 yil 27 yanvar kuni tuzilgan.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, mazkur binoda Energetika vazirligi joylaşgan, bino «Özbekneftegaz» AJning şu’basi Neft Gaz Bino Inshoot MÇJ balansida bölgan. 2019 yilda Özbekneftegaz bir muddat Qarşi şahriga köçirilgaç şahar qoq markazidagi mazkur maşhur bino Energetika vazirligi foydalanuviga ötkazib berilgandi.
10 yanvardagi bitimga köra, Anorbank Energetika vazirligi yonidagi - Şahrisabz köçasi, 85a manzilda joylaşgan binoni ham 185 mlrd sömga sotib olgan. Bu bino «Öztransgaz» AJga tegişli edi.
«Bank sohasidagi manbalarga köra, Anorbank energetiklar ötirgan binolar örnida bank uçun yangi biznes markazni qurmoqçi. Hisob-kitoblar şakli (bölib tölaş yoki biratöla) oçiqlanmagan. Davlat kompaniyalari balansidagi mazkur binolarni sotişda auksion yoki qanaqadir formal tanlov ötkazilgani ma’lum emas.
Tijorat banklarining binolari xaridi böyiça prudensial nazoratni amalga oşiruvçi Markaziy bank munosabati oçiqlanmagan. Mazkur bitim yoş bankning likvidliligi va kapitaliga yetarliça bosim körsatişi mumkin”, deya yozdi iqtisodçi.
Ma’lumot uçun, 2024 yilning aprel oyida respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toşkent şahriga köçirilib, ularning hozirgi binolari sotilişi e’lon qilingandi. Sotişdan tuşgan mablağlar Yangi Toşkentda ma’muriy binolar qurişga sarflanadi.

















