Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Time muqovasiga Yer shari uzra turgan Putin surati joylashtirildi
Time jurnali o‘z muqovasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini joylashtirdi. Nashr saytida e'lon qilingan suratda Yer shari uzra turgan Putin ko‘rsatilgan. Yer sharining turli nuqtalarida esa geoteglar joylashtirilgan.
Muqovaga jurnal ichidagi “Putin zolimlar va barbod bo‘layotgan davlatlar imperiyasini qurdi” deb nomlangan maqola olib chiqilgan. Bu maqola Rossiyaning Venesuela, Liviya, Suriya va Sudandagi tuzumlarni qo‘llab-quvvatlashiga bag‘ishlangan.
Avvalgi marta Putin Time muqovasiga 2018 yil martda joylashtirilgan. Unda Rossiya prezidenti boshida toj va “Yuqorilayotgan podshoh” yozuvi bilan tasvirlangan bo‘lgan. Muqovaga ikkita maqola olib chiqilgan: Mixail Zigarning “Vladimir Putin cho‘qqida qanday qilib qolishni rejalashtirmoqda” nomli maqolasi va Iyen Bremmerning “Rossiya nima uchun cho‘kishda davom etmoqda” maqolasi.
Umuman olganda Putin ushbu nufuzli nashr muqovasiga ilk bor Rossiya prezidenti etib saylangandan keyin 2000 yilda joylashtirilgan.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
09:09 / 22.04.2026