Fan-texnika | 19:01 / 06.04.2019
18436
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ikki talaba Apple’ni qariyb bir million dollarga chuv tushirishdi

Foto: RIA Novosti

AQSh bojxona va chegara nazorati xizmati xitoylik ikki talaba Apple kompaniyasini 900 ming dollarga aldaganini aniqladi. Bu haqda NPR portali xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Portlendda o‘qiydigan Yanyan Chjou va Tsyuan Tszyan ismli talabalar 2017 yil apreldan 2018 yil martgacha Apple servis markazlariga Xitoydan jo‘natilgan 3059 dona qalbaki iPhone’larni topshirishgan. 

Mazkur smartfonlarning teng yarmi yangi original ayfonlarga bepul almashtirib berilgan. Qo‘lga kiritilgan iPhone’larni esa talabalar sotish uchun Xitoyga jo‘natishgan. Ular jami 1493 dona telefonni jo‘natishgan, 1576 dona telefon esa servis markazlari tomonidan almashtirib berilmagan.

Qayd etilishicha, bojxonachilar ularning nomiga qalbaki smartfonlar joylangan oltita jo‘natma ketma-ket kelganidan so‘ng mazkur qalloblikni aniqlashgan. Ularning xonadoni tintuv qilinganida 300dan ortiq gadjet topilgan.

Ayblanuvchilar ayblarini tan olishmagan.

Mavzuga oid