Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio prokuraturasi suddan Nissan sobiq rahbarining turmush o‘rtog‘ini so‘roq qilishni so‘radi
Tokio prokuraturasi Nissan avtokonserni sobiq rahbari Karlos Gonning turmush o‘rtog‘ini so‘roq qilishni so‘rab sudga murojaat qildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Prokuraturaning gumon qilishicha, 2015 yilda Karlos Gonning yaqinlaridan biri bo‘lgan Suhail Bahwan Automobiles (SBA) kompaniyasi rahbari Livanda GFI investitsion kompaniyasini tashkil qilgan va o‘z hisob raqamidan kompaniya hisob raqamiga bir necha million dollar o‘tkazgan. Bu pullardan 9 millioni Gonning turmush o‘rtog‘i boshqaradigan kompaniyaga o‘tkazilgan va qiymati 15 million dollar turuvchi yaxta sotib olishga sarflangan.
Prokuratura Karlos Gonning ayolidan o‘z ixtiyori bilan suhbatga kelishni so‘ragan, ammo ayol buni rad etgan. Endilikda uni so‘roq qilish bo‘yicha so‘rovnoma Tokio sudiga jo‘natilgani aytilmoqda.
Karlos Gon o‘tgan yil noyabrida hibsga olingandi. Unga 11 yanvarda moliyaviy bitimlar haqidagi qonunni buzish va xizmat mavqeini suiiste'mol qilish bo‘yicha ayblovlar bildirilgan. Mart oyi boshida Gonning yangi advokati uning garov puli va Yaponiyani tark etmaslik haqidagi tilxati evaziga ozod qilinishiga erishgan. Ammo ozodlikka chiqarilgandan bir oydan kamroq vaqtdan keyin yana panjara ortiga jo‘natildi.
Gonning navbatdagi hibsga olinishiga u tomonidan 2012 yildan ummonlik distribyutorga to‘lovlarning bir qismining o‘zlashtirilishi sabab bo‘lgan. Prokurorlar Gonni 563 mln yyenga (5 mln dollar) yaqin pulni o‘zlashtirganlikda gumon qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 28.10.2025
O‘zbekistonga “begona” mashina – qarovsiz qoldirilgan Nissanʼning sarguzashtlari
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
23:35 / 15.11.2024