Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida «tilla kamar operatsiyasi» fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
«Toshkent-Aero» IBKning «Toshkent xalqaro aeroport» chegara bojxona posti xodimlari Aviatsiya xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda “Tilla kamar” operatsiyasini fosh etishdi, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
«Toshkent-Dehli» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan A.A. yashil yo‘lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi. Natijada, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda ushbu fuqaro kamarining o‘tkazgichi tilladan yasalib, bojxonachilar payqamasligi uchun qora rangga bo‘yalgani fosh etildi. Shuningdek, u oyoq kiyimlari ichiga ham tilla yashirgani aniqlandi.
A.A.dan olingan ashyoviy dalillarning vazni 200 grammni tashkil etib, umumiy qiymati 59 million so‘mga tengligi ma'lum bo‘ldi.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026