Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyadagi maktablarda bitiruv imtihonlari bekor qilindi
Dushanba kuni Gruziya parlamenti maktablarning 11- va 12-sinf o‘quvchilari uchun bitiruv imtihonlarini bekor qilish to‘g‘risidagi hukumat qonunchilik tashabbusini uchinchi o‘qishda ma'qulladi.
Gruziya maktablarida 12 sinf mavjud, bitiruv imtihonlari ikki bosqichda o‘tkazilgan: 11- va 12-sinfda.
Qonunchilik organining yig‘ilishi Gruziya telekompaniyalari tomonidan translatsiya qilindi.
«Umumiy ta'lim to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar «Gruziya Qonunchilik axborotnomasi» saytida e'lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Avvalroq, Gruziya Ta'lim vazirligi islohotlar doirasida 2019 yildan o‘n birinchi sinf, 2020 yildan esa - o‘n ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun bitiruv imtihonlarini bekor qilgandi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025