Jahon | 08:02 / 08.04.2019
13280
1 daqiqa o‘qiladi
Saakashvili Poroshenkoga pasporti masalasida murojaat qildi
Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni o‘ziga Ukraina pasportini qaytarib berishga chaqirdi. Bu haqida «Ukrainskaya pravda» xabar qilmoqda.
«Siz meni Ukraina qonunchiligi hamda xalqaro normalarni buzgan holda fuqarolikdan mahrum etdingiz», - dedi Saakashvili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenkoda «qonunga muvofiq harakat qilish» uchun prezidentlik saylovlari ikkinchi turi oldidan yetarlicha vaqt bor.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada u bilan «yomon va noqonuniy» munosabatda bo‘lishgan.
Bundan oldin, Saakashvili Ukrainaga qanday shartda qaytishini aytgandi.
Mavzuga oid
11:45 / 06.10.2024
“Atirgul inqilobi”dan hibsxonagacha – Mixail Saakashvili kim edi?
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
08:00 / 24.05.2024