Gurjiston sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili 2022 yildan buyon saqlanayotgan Tbilisidagi klinikadan çiqarildi va «12-sonli tuzatiş muassasasi»ga (Rustavi qamoğiga) umumiy tartibda jazoni ötaş uçun qaytarildi. Bu haqda 12 noyabr kuni Gurjiston Maxsus penitensiar xizmati Facebook’da xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, Saakaşvilining soğligi hozirda «qanoatlanarli», şu bois u statsionar davolanişga endilikda «muhtoj emas». Bu borada xizmat siyosatçining davolovçi şifokorining xulosasiga tayanganini qayd etdi.

Sobiq prezident 2021 yil 29 sentabrga ötar keçasi Gurjistonga qaytgan — tergov ma’lumotiga köra, u «Vilnyus» paromi orqali Poti portiga maxfiy kelgan va yuk maşinasida yaşiringan. 2 oktyabr kungi saylovlarda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasiga qarşi ovoz berişga çaqiriq bilan Saakaşvili Facebook’da video joyladi. Keyingi videoda u ovoz berişlarni soxtalaştirişlar haqida taxmin qilib, norozilik namoyişlariga çaqirdi. Politsiya va maxsus xizmatlar 1 oktyabr kuni siyosatçining turgan joyini aniqladi — u Tbilisida kelgan treyler haydovçisining kvartirasida uşlandi va hibsga olindi.

2021 yil oktyabrda Saakaşvili qamoqda oçlik e’lon qildi — u 50 kun davom etdi va faqat Goridagi harbiy gospitalga reabilitatsiya uçun ötkazilgandan söng töxtadi. Biroq 2022 yil 21 fevral kuni qamoqqa qaytarilgandan keyin siyosatçi yana oçlik boşladi — 20 kun. 12 may kuni soğligi yomonlaşgani sababli u Tbilisidgi xususiy «Vivamedi» klinikasiga ötkazildi va u yerda alohida palatada saqlandi. 2023 yil 31 yanvar kuni Ukraina Oliy Radasi deputati Yelizaveta Yasko Saakaşvilini öta oğir ahvolda reanimatsiyaga ötkazişganini aytdi. Klinika buni rad etgan.

Hozir Saakaşvili deputat Valeriy Gelaşvilini kaltaklaş işi va bank xodimi Sandro Girgvlianini öldirganlar ustidan iş böyiça tayinlangan olti yillik jazoni ötamoqda. 2025 yil 12 mart kuni Tbilisi şahar sudi, şuningdek, davlat budjetiga tegişli 9 mln lari (taxminan 3 mln yevro) mablağni talon-toroj qiliş işi böyiça sobiq prezidentni töqqiz yilga ozodlikdan mahrum etdi. 17 mart kuni öşa sud unga davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş işi böyiça yana 4,5 yil berdi. Jazolarni qisman qöşiş natijasida siyosatçining umumiy qamoq muddati 12 yil 6 oyga yetdi.