Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki fuqaroni 740 mln so‘mga «uxlatgan» ayol kishi qo‘lga olindi
2019 yil 6 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 31 mart kuni Yakkasaroy tumani Boshliq dahasida yashovchi M.X. (ayol), M.E. (ayol) va A.B.ga Toshkent shahri hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon olib berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hujjatlarda u aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, M.E.dan 350 mln. so‘m hamda A.B.dan 390 mln. so‘m pullarini olganligi va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, M.X. ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026