Jamiyat | 19:08 / 09.04.2019
3999
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 57 foiz aholiga maishiy chiqindi olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi -  qo‘mita

Ayni paytda O‘zbekiston aholisining 57 foizi maishiy chiqindini to‘plash, olib chiqish xizmatidan foydalanish imkoniyatga ega, deb xabar bermoqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati. 

Ma'lum qilinishicha,   2013-17 yillarda tuman markazi va qishloq aholi yashash punktlarida maishiy chiqindini to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmati faqat 1,3 million kishiga ko‘rsatilgan. Ya'ni umumiy aholining 5-6 foizi ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin bo‘lgandi.

 «Toza hudud» DUK va «Maxsustrans» tomonidan har yili mamlakatda 8-9 million tonna chiqindi aholi yashash punktlaridan olib chiqiladi va ularning 8-9 foizi qayta ishlanadi. 

Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, mazkur sohada samarali ishni tashkillashtirish uchun yana 1090 ta maxsus transport sotib olinishi kerak. 

Shunga qaramay, maishiy chiqindilarni to‘plab, olib chiqish bilan birga, aholi yashash punktlarida noqonuniy chiqindi to‘plash markazlari paydo bo‘lishi nazoratga olingan. 

2019 yil aprel oyi ma'lumotiga ko‘ra, qo‘mita tomonidan 1753ta noqonuniy chiqindi to‘plash maskanlari aniqlangan, 1543ta korxonaning 616tasi ko‘zdan kechirilganda chiqindi o‘rnatilgan tartibda olib chiqilmagani aniqlangan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid