Tojikiston Roğun GES qurilişini oxiriga yetkaziş uçun Jahon bankidan xorijiy investitsiyalar jalb qilişda yordam körsatişni söradi. Tojikiston Milliy banki raisi birinçi örinbosari Jamoliddin Nuraliyev Jahon banki katta iqtisodçisi Goar Guluman va uşbu xalqaro moliya institutining Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Piter Olters bilan uçraşuvda şu haqda gapirgan.

Milliy bank matbuot xizmatining xabar berişiça, Goar Guluman 1 - 10 aprel kunlari Tojikistonda amaliy taşrif bilan bölgan.
Nuraliyevning uçraşuvda ta'kidlaşiça, Roğun GES muhim mintaqaviy ahamiyatga ega bölib, «mintaqadagi mamlakatlarning arzon elektr energiyasidan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş imkoniyatiga» boğliq. U Roğun GES qurilişi böyiça loyihani amalga oşiriş uçun xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş borasida Jahon banki vakillariga murojaat qilgan.
Tojikiston hozirga qadar Roğun GESni asosan öz mablağlari hisobiga qurgan. Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotiga köra, 2019 yilda uşbu maqsadlar uçun budjetdan 2 milliard 100 million somoniy (222 million AQŞ dollari) ajratiladi. Ötgan yili 4,7 milliard somoniy gidro elektr stansiyani qurişga ketdi, ulardan 3,4 milliardi - budjet mablağlari, qolgan qismi esa 2018 yilga Tojikistonga ajratilgan yevrobotlardan olindi.
Bundan oldin, Roğun GES ikkinçi turbinasini işga tuşiriş keçiktirilgani xabar qilingandi.
«Aziya Plyus»ning Tojikiston hukumatidagi manbasi Roğun GES ikkinçi gidroagregati 2019 yil aprel oyida, rejalaştirilgan sanada işga tuşirilmasligini ma'lum qilgan.
Roğun GES ikkinçi turbinasini işga tuşiriş muddati keçiktirilganini «Axbor» saytining Energetika vazirligi va «Barki tojik» kompaniyasidagi manbalari ham tasdiqlagan. Uşbu yangilik Tojikistonning aksar hududlarida aholi hamda korxonalarni elektr energiyasi bilan ta'minlaşda çeklovlar joriy etilganiga bir oy bölgani fonida tarqaldi. Qayd etilişiça, bu limit Roğun GES qurilişida yuzaga kelgan muammolar bilan boğliq. Rasmiylar bu miş-mişlarni hali izohlamadi.
2018 yil noyabr oyi örtalarigaça Roğun GES töğoni balandligi 75 metrdan oşdi. Suv omboridagi suv miqdori 214 million kubometrni taşkil etdi. Kötarma qurilişining davomi joriy yil aprel oyida boşlanişi kutilgandi.

















