Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi va Ekologiya vazirligi huzuridagi Örmon xöjaligi agentligi Jahon banki bilan birgalikda «Özbekistonda barqaror landşaftlarni tiklaş» loyihasi boşlanganini e’lon qildi.

Jahon banki loyihani amalga oşiriş uçun 153 million AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratadi. Bu loyiha Markaziy Osiyoning beşta davlatida örmonlar va degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaşga kömaklaşiş böyiça amalga oşiriladigan mintaqaviy dasturning bir qismidir.

«Biz bugun Jahon banki bilan hamkorlikda yölga qöyayotgan loyihamiz Özbekiston örmon xöjaligi tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida belgilangan maqsadlarga erişişga yordam beradi. Bu ön yillik oxiriga qadar örmonlar maydonini 6,1 million gektarga yetkaziş masalalarini ham öz içiga oladi, — dedi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimov. — Loyiha yerlari degradatsiyaga uçragan yerlarga but va daraxtlar ekiş orqali mahalliy landşaftlarning barqarorligini va oziq-ovqat tizimlarining unumdorligini oşiradi, şuningdek, aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, infratuzilmani rivojlantiriş va iş örinlari yaratişga xizmat qiladi. Bundan taşqari, loyiha tabiiy resurslardan yanada samarali foydalaniş orqali kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaydi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturizmni rivojlantirişga xizmat qiladi».

Loyiha mamlakatning turli hududlarida landşaftlar barqarorligini ta’minlaş va örmonlarni qayta tiklaş, şuningdek, Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari örtasida transçegaraviy tabiiy hududlarni tiklaş böyiça hamkorlikni mustahkamlaydi. Loyiha tadbirlari mamlakatimizning 6 ta hududi — Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oşiriladi.